Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdan viloyatlarga poyezd qatnovi boshlandi (foto)

Toshkentdan viloyatlarga poyezd qatnovi boshlandi (foto)

Foto:«Xabar.uz»

Ma’lumki, Respublika maxsus komissiyasi mahalliy yo‘nalishlarda temir yo‘l va aviaqatnovlarini yo‘lga qo‘yishning vaqtinchalik tartibini tasdiqlagandi.

Bugun erta tongdan Toshkentdan Buxoroga «Afrosiyob» ilk tezyurar poyezdi jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qariyb ikki oylik tanaffusdan so‘ng qayta tiklangan poyezdlarga chiqishda yo‘lovchilar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olinganiga 120 soatdan ko‘p bo‘lmagan va tahlil natijasi manfiy ekani haqidagi ma’lumotnomaga ega bo‘lishi kerak. Vokzal hududiga va vagonga kirganda barcha yo‘lovchilar bir martalik himoya niqobi, qo‘lqopda bo‘lishi shart. Yo‘lovchilar vagonlarga ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtiriladi.

Foto:«O‘zA»

Poyezdlarga elektron chiptalar onlayn tarzda sotilmoqda.

Shuningdek, bugun poytaxtdan Qarshi shahriga «Afrosiyob» tezyurar poyezdi va Farg‘ona vodiysiga yo‘lovchi poyezdi ham yo‘lga chiqadi.

Foto:«O‘zA»

Eslatib o‘tamiz, bugundan e’tiboran Toshkent shahridan Nukus, Urganch Termiz shaharlariga samolyotlar, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlari va Farg‘ona vodiysiga poyezdlar qatnovi qayta tiklanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring