Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi tug‘ruqxona mijozida kasallik aniqlandi. Ayollar va chaqaloqlar karantinga olindi

Toshkentdagi tug‘ruqxona mijozida kasallik aniqlandi. Ayollar va chaqaloqlar karantinga olindi
Sanitariya–epidemologiya nazorati davlat inspeksiyasi inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. 
 
Unda Toshkentdagi 6-tug‘ruqxona karantinga olingani bo‘yicha savollarga javob berildi.
 
— Ushbu tug‘ruqxona mijozidan kasallik aniqlangani bois undagi ayollar, chaqaloqlar va tibbiyot xodimlari 14 kunlik karantinga olindi, – deydi Nurmat Otabekov. – Aholi orasida har kuni soni ortayotgan kasallarning qanday aniqlanayotganiga kelsak, ular xorijda bo‘lib qaytganlar va ular bilan aloqada bo‘lganlar orasida aniqlanmoqda. Ularning ko‘pchiligi karantinga olingan edi.
 
Endi karantinda bo‘lganlar orasida kasal aniqlasa, boshqalarga ham yuqish xavfiga kelsak, bunday holat yuz berishi mumkin. Bundan hech kim himoyalanmagan. Hozir karantinga olinganlar 86 ming nafardan ko‘p bo‘lib, ularning 23 mingdan ortig‘i stansionar sharoitda saqlanmoqda.
 
Tibbiyot yordami ko‘rsatish jarayonida bemor va sog‘lom inson o‘rtasida aloqa bo‘ladi. Agar bemorni stansionar sharoitida davolash jarayonida tibbiyot xodimiga koronavirus yuqsa, unga 100 million so‘m tovon puli berilishi hujjatlarda keltirilgan.
 
Birinchi kunlari kasallanganlar olib kelinganda, shifokorlarga ehtiyotsizlik tufayli yuqqan holatlar kuzatildi. Keyingi kunlarda ko‘rilgan choralar tufayli bunday salbiy hodisa yuz bergani yo‘q.
 
 
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring