Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Venetsiya usulidagi qayiqlarda sayr qilish mumkin

Toshkentda Venetsiya usulidagi qayiqlarda sayr qilish mumkin

Gondola qayig‘i, Venetsiya

Vikipediya

21-iyuldan Toshkentdagi “Bo‘zsuv” kanalining Minor masjidiga tutash hududida Venetsiya usulidagi qayiqlarda sayr qilish maskani ochiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

O‘tgan davr mobaynida bu hududda obodonlashtirish ishlari olib borilib, kanal atrofi tozalangan, qirg‘oq bo‘ylari mustahkamlangan. Aholi dam olishi, madaniy hordiq chiqarishi uchun talab etilgan sharoitlar yaratilgan.

Jumladan, o‘rindiqlar, yoritgichlar o‘rnatilgan, bepul WiFi hududi tashkil etilgan. Shuningdek, tadbirkor tomonidan 4 ta 4 kishilik “Gondola” qayiqlari hamda 1 ta 8 kishilik motorli sayr qayig‘i olib kelingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring