Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda psixotrop vositalari savdosi yuzasidan 23 ta jinoiy ish ochildi

Toshkentda psixotrop vositalari savdosi yuzasidan 23 ta jinoiy ish ochildi

Foto:«Darakchi.uz»

Qonunchiligimizga ko‘ra «Tramadol va Lannaxer» dori vositalari psixotrop modda hisoblanadi.Chilonzor tumani adliya bo‘limi ham mazkur qoidaga amal qilib, jinoyatlarning oldini olish, jinoyat sodir etgan fuqarolarni ushlash va jazo muqarrarligini ta’minlash maqsadida 2018-yil 5-sentyabr kuni Chilonzor tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda Chilonzor tumani, 16-mavzeda joylashgan do‘konlardagi yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan suhbat uyushtirildi.

Tadbirkorlar bilan suhbat chog‘idagi dalillar o‘rganilib, tezkor tadbirlar o‘tkazilish vaqtida haqiqatan ham mazkur hududda psixotrop dori vositalari oldi-sotdisi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar  ushlandi. Aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 273- va 276-moddalari bilan 23 ta jinoyat ishi ochilib, 28 nafar fuqaroga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlandi.

Suhbat chog‘ida tadbirkorlar do‘konlarining old qismi va fuqarolar qatnovi yo‘lagida yoshlari taxminan 25-35 yoshdagi shubhali ayol va erkaklar tomonidan «Tramadol» va «Lirika» psixotrop giyohvand dori vositalari sotilayotgani, ular asosan kunning kechki ikkinchi yarmi ya’ni 18-22larda o‘zlarining noqonuniy «savdo»sini boshlashlarini ma’lum qilishdi.

Zahriqotil savdogarlarining bu harakatlaridan yo‘ldan o‘tib ketayotgan fuqarolar, yoshlar, savdo xodimlari vaxaridorlarning osoyishtaligi buzilayotganligini, shuningdek, bu holat farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligini, shu sababli ushbu psixotrop moddani sotayotganlarga hamda iste’mol qilib kelayotgan fuqarolarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlik, shuningdek, mazkur hududga ichki ishlar xodimlarini biriktirib berishni so‘rashdi.

 

Jo‘rabek MAXSUDOV,

Chilonzor tuman adliya bo‘limi  boshlig‘i

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring