Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda propiska «yopilayotgani» haqidagi xabarlarga rasmiy izoh berildi

Toshkentda propiska «yopilayotgani» haqidagi xabarlarga rasmiy izoh berildi

Foto: Xabar.uz

Fuqarolar orasida go‘yoki Toshkent shahrida propiska «yopilayotgani» haqida xabar tarqamoqda. Ushbu ma’lumot haqiqatdan yiroqdir, deyiladi Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining tezkor xabarida.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning tuman bo‘linmalari belgilangan tartibda fuqarolarni doimiy ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini olib borishmoqda.

«Agar sizda ushbu masala bo‘yicha savollar tug‘ilgan bo‘lsa, Toshkent shahar IIBB MvaFRBga 71-230-38-16 telefoni orqali yoki bevosita tuman MvaFR bo‘linmalaridan biriga murojaat qilib, fuqarolarni ro‘yxatga olish belgilangan tartibda olib borilayotganligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Sizdan vahimaga tushmaslikni va ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan har qanday xabarga ham ishonib ketmaslikni so‘raymiz. Ko‘pchilikning maqsadi – keng muhokamaga sabab bo‘lib layk to‘plashdir. Oqibatlar haqida esa, afsuski, hamma ham o‘ylab ko‘rmaydi», – deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring