Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va Qozog‘istonga qo‘shma sayohatlarni rivojlantirish bo‘yicha roud-shou o‘tkazildi

O‘zbekiston va Qozog‘istonga qo‘shma sayohatlarni rivojlantirish bo‘yicha roud-shou o‘tkazildi

Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi, Qozog‘istonning Turkiston viloyati hokimiyati va O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi ko‘magida 5 avgust kuni Toshkent shahrida Qozog‘iston Respublikasida O‘zbekiston yili doirasida «Road Show» o‘tkazdi. Bu Bu haqda Turizmini rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati vakili Sherzod Sultonov ma’lumot berdi.

Shuningdek, Buyuk Ipak yo‘li kesimida Qozog‘iston-O‘zbekicton qo‘shma turlarini rivojlantirish, Turkiston, Samarqand, Buxoro shaharlarini bir yo‘nalishga bog‘lovchi turizm klasterini tashkil etishga doir masalalar muhokama qilindi.

Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati

Ushbu tadbirdan maqsad O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan sayyohlarni Turkistondagi, Turkistonga borayotgan turistlarni O‘zbekistondagi turizm ob’yektlariga yo‘naltirishni hamkorlikda tashkil qilishdan iboratdir. Tadbir mehmonlari mamlakatlar o‘rtasida sayyohlik oqimini ko‘paytirishga ko‘maklashadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari sayyohlik sohasi vakillarini sayyohlik xizmatlari sohasida hamkorlik qilish va tajriba almashish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot va yangi biznes aloqalarni o‘rnatish imkoniyatini beradi», — dedi Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti direktori Ismat Nusurov.

Sayram-Ugam milliy parkidagi Ekokemp vakili Altinay Kapalbayevaning so‘zlariga ko‘ra, ikki viloyatga sayohatni yo‘lga qo‘yishda viza bilan bog‘liq muammolarning optimal yechimini topish kerak.

«Masalan, yaqinda biz Hindistondan mehmonlarni taklif etmoqchimiz – ularga 5 kun O‘zbekistonga, 5 kun Qozog‘istonga sayohat qilishni taklif qilmoqchimiz. Bir kempingning o‘zida 10 kun qolish zerikarli bo‘lishi mumkin, lekin ikki mamlakatga sayohat tashkil qilinsa, qiziqarliroq bo‘ladi. Viza bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi mumkin, albatta, chunki hindlarning Qozog‘istonga viza olish jarayoni qiyinroq, O‘zbekistonda esa bu bilan bog‘liq muammolar yo‘q, sizlarda hatto tranzit vizani olish ham qiyinchilik tug‘dirmaydi. Shu bois bir tashrifning o‘zida ikki mamlakatga sayohat qilish imkonini beruvchi yagona viza olish imkoni bo‘lsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi», — deydi u.

Shuningdek, B2B tadbiri doirasida turizm sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari, Ipak yo‘lida turizm mahsulotlarini ishlab chiqish va ilgari surish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikning samarali mexanizmini shakllantirish yuzasidan fikr almashildi.

Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati

Bundan tashqari, qozog‘istonlik mehmon dunyoning yarmini kezib chiqqani va O‘zbekistondagi ozodalikdan yoqimli hayratga tushganini ta’kidladi. «O‘zbekistonda hamma joy ozoda, sayyohlar uchun qulay va asosiysi, xavfsiz. Aslida sayyoh uchun xavfsizlik darajasi juda muhim. Shunday ekan, sayyohlarga ham O‘zbekistonni, ham Turkiston viloyatini ko‘rish juda ajoyib tajriba bo‘lar edi», — deydi Kapalbayeva.

Tabir doirasida ma’lum qilinishicha, yaqin kunlarda xuddi shunday roud-shoular Buxoro va Samarqand viloyatlarida ham bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring