Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda mast fuqaro tamaki chekib, uyini yoqvordi

Toshkentda mast fuqaro tamaki chekib, uyini yoqvordi

Foto: Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi

Toshkent shahrida o‘tgan sutka davomida 4 ta yong‘in holati qayd etilgan bo‘lib, yong‘inda 1 nafar fuqaro tan jarohatini olgan, insonlarni halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar berib o‘tdi.

18.09.2019 sanasida, soat 00:15da Yunusobod tumani, 15-daha 48-uy 11-xonadonda uy jihozlari 10 kv.m. maydonida yongan. Yong‘indan xonadonning 20 kv.m. maydoni saqlanib qolingan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 00:22da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 00:35da bartaraf etilgan. Yong‘in joyiga 3 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Yong‘in mast holda sigareta chekishda ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘lgan, deb tahmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in natijasida 1 nafar fuqaro kuyish tan jarohatini olgan

Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yekt rahbar hamda xodimlari, shuningdek fuqarolarimizdan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring