Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda koronavirusdan tuzalganlar soni mingga yaqinlashmoqda

Toshkentda koronavirusdan tuzalganlar soni mingga yaqinlashmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Bugun poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 20 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 1 nafar hamda Navoiy viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2 nafar, jami 23 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 10 nafari erkak, 10 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 67 yoshda, yoshi kichigi 5 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan 5 nafar, Farg‘ona va Toshkent viloyatlaridan 3 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyatidan 2 nafardan, Jizzax, Surxondaryo, Buxoro, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan 1 nafardan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan esa 56 yoshli erkak fuqaro tuzalib chiqdi.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 955 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 976 nafarga yetdi.

Navoiy viloyatida tuzalganlarning 1 nafari 30 yoshli erkak, yana 1 nafari esa 35 yoshli ayol bo‘lib, Zarafshon shahridan. Viloyatda endilikda sog‘ayganlar 12 nafarga yetdi.

‼️Shunday qilib, bugun hozirga qadar 23 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab jami sog‘ayganlar 2659 nafarga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring