Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda ilk bor «Gastro Bazar» festivali o‘tkazilmoqda. Uning turizm rivojiga hissasi qanday?

Toshkentda ilk bor «Gastro Bazar» festivali o‘tkazilmoqda. Uning turizm rivojiga hissasi qanday?

Foto:«Xabar.uz»

Joriy yilning 9-11-avgust kunlari Toshkent shahrida «Gastro Bazar - 2019» I Xalqaro gastronomik festivali bo‘lib o‘tmoqda. Shu munosabat poytaxtda matbuot anjumani tashkil etildi.

Festivalning asosiy tashkilotchilari - O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimligi sanaladi.

Rivojlangan davlatlar tajribasiga qaraydigan bo‘lsak, oldin ham Gastronomiya va turizm o‘rtasidagi aloqalar sayyohlar oqimini ko‘paytirishga yordam berib kelgan va sayyohlarning tashrif kunlarini uzaytirishga yordam berib kelgan.

Anjumanda turkiyalik mutaxassislar bilan fikr almashildi. Ular Turkiyada tajribadan o‘tgan «Gastronomik orolcha» haqida ma’lumot berib o‘tishdi. Shuningdek, turk OAVlari orqali sohaning yoritilishi, orolcha tajribasini O‘zbekistonda qo‘llash masalasi ham ko‘rildi. 

Hozirda Gastronomik turizm jahon sayyohlik bozorining eng jadal va rivojlanayotgan turizm yo‘nalishi sifatida tan olingan. Umuman olganda, sayyohlik sanoatining umumiy daromadlarida gastronomik turizmning ulushi 30 %ga yetadi va bu ko‘rsatkich o‘sib bormoqda.

BMTning Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO, oziq-ovqat turizm bo‘yicha Global hisobot tadqiqotlari) ma’lumotlariga ko‘ra, sayohatchilarning 79 foizi gastronomik tadbirlar taqvimi va mahalliy oshxonalarning xususiyatlarini o‘rganib chiqqandan so‘ng, sayohat rejalarini tuzishadi. Shuningdek, tadqiqotga ko‘ra, har uchinchi sayyoh borayotgan davlatining milliy oshxonanisi sayohat qilish uchun motivatsiya deb hisoblaydi va u umumiy xarajatlarning taxminan 30 foizini ovqatlanishga sarflanishi o‘rganilib chiqildi.

Foto:«Xabar.uz»

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati  vakili Sherzod Sultonovning ma’lumot berishicha, so‘nggi 20 yil ichida dunyoda turizmning o‘sishi o‘rtacha 9,4 % ga oshgan bo‘lsa, mazkur o‘sish sur’ati turizm turlari ichidan gastronomik turizm ko‘rsatkichi 15,5 % yillik o‘sishni ko‘rsatgan.

Birgina Rossiya Federatsiyasining poytaxti Moskva shahrida 300 dan ortiq restoranlarida o‘zbek oshxonasi mavjud. Shunday restoranlardan Nyu-York, Berlin, Frankfurt, London, Los-Anjelos, Dubay, Pekin, Seul, Sankt-Peterburg, Riga, Istambul va boshqa yirik shaharlarda ham ko‘paymoqda.

Sir emaski, xorijdagi bir nechta taxliliy tadqiqotlar agentliklari va jurnallar o‘tkazgan so‘rovnomalarda O‘zbekiston gastronomik turizm yo‘nalishida eng mashhur yo‘nalish sifatida tan olinmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: tashkil etilayotgan gastronomik festivalda O‘zbekistonning mashhur restoranlari, qahvaxonalari, pitseriyalari va tamaddixonalari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring