Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda xayriyalarni amalga oshirishda yordam beruvchi markaz tashkil etildi

Toshkentda xayriyalarni amalga oshirishda yordam beruvchi markaz tashkil etildi

Foto: «Sof.uz»

Ma’lumki, 2020 yil 30 mart kuni soat 06:00 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar Toshkent shahrida avtotransport vositalarining harakati maxsus ruxsatnomalar bilan amalga oshirilmoqda. Natijada saxovatpesha insonlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xayriya yordamlari masalasida qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin.

Ko‘ngillilarning xayrli ishlari o‘z vaqtida manzilli amalga oshishiga ko‘maklashish maqsadida Toshkent shahar hokimligida muvofiqlashtiruvchi markaz tashkil etildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Markaz qo‘yidagi tartibda ish faoliyatini amalga oshiradi:

- davlat va jamoat tashkilotlari, deputatlar, tadbirkorlar, yordam ko‘rsatishni istagan faol fuqarolar Markazga manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaat etadi;
- markazdan murojaat bo‘yicha ma’lumot tuman hokimi o‘rinbosarlariga yetkaziladi;
- tuman hokimi o‘rinbosarlari yordam ko‘rsatish istagini bildirganlar bilan hamkorlikda manzilli yordamni tashkil etadi.

Markazga har kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar (71) 210-01-15 va (71) 210-01-16 telefon raqamlari orqali murojaat etishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring