Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda daraxtlarning ayovsiz kesilishi hodisasi o‘rganilmoqda

Toshkentda daraxtlarning ayovsiz kesilishi hodisasi o‘rganilmoqda

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkentning Yakkasaroy tumani Yunus Rajabiy ko‘chasida 81 dona daraxtlar kesilishi holati sodir bo‘lgan edi. 

Shahar hokimligi matbuot xizmatiga ko‘ra, holat davlat nazoratiga olindi. Poytaxt hokimligi va prokuraturasi hamda barcha aloqador tashkilot va idoralar tarkibida ishchi guruh tuzilgan.

Ishchi guruh qisqa muddatda shahrimiz iqlimi va landshaftiga mos keladigan sersoya daraxatlar ekish orqali daraxtzorning qayta tiklanishini ta’minlaydi.

Ko‘chat ekish va boshqa obodonlashtirish ishlari mahalliy aholi xohish-istaklarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Ushbu holat bo‘yicha qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘riladi.

«Ishlarning borishi va o‘rganish natijalari to‘g‘risida axborot berib boramiz»- deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 1-noyabrdan O‘zbekistonda daraxt kesishga moratoriy joriy etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring