Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda 55 nafar bemor koronavirusdan forig‘ bo‘ldi

Toshkentda 55 nafar bemor koronavirusdan forig‘ bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Shu soatlarda poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 1 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 1 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida 53 nafar, jami 55 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga  kuzatildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3424 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5737 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring