Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatiga imom-xatib tayinlandi

Toshkent viloyatiga imom-xatib tayinlandi

Foto:«Muslim.uz»

Bugun, 30-noyabr kuni Toshkent viloyati imom-xatiblari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Unga ko‘ra, Toshkent shahri bosh imom-xatibi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Jasur Raupovni Toshkent viloyati bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lumot o‘rnida, Jasur domla Raupov Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va Andijon davlat universitetini tamomlagan. 1999-yildan shu kunga qadar poytaxtimizdagi bir necha masjidlarda imom-xatib vazifalarida ishladi. Shu bilan birgalikda 2010-yildan buyon esa Toshkent shahar bosh imom xatibi o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi imom-xatib Xayrulloh domla Turmatov sentyabr oyida vafot etgandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring