Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent tumanida MIB xodimlari qo‘lga olingani rostmi?

Toshkent tumanida MIB xodimlari qo‘lga olingani rostmi?

Foto: MIB

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Majburiy ijro byurosining (MIB)  Toshkent tuman bo‘limi xodimlari qo‘lga olingani, ular  hujjatlarni soxtalashtirgan holda orqali aholidan tushgan to‘lovlarni o‘zlashtirganlikda ayblanayotgani mazmunida xabar tarqaldi.

Holatga aniqldik kiritish maqsadida «Xabar.uz» muxbiri Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan bog‘landi. Byuroning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i  Farruh Toshpo‘latov ko‘ra, vaziyat ijtimoiy tarmoqlarda vahima qilinganidek emas.  Ya’nikim, bir guruh MIB xodimlari «qo‘lga olinganligi» ular go‘yoki «tovlamachilik qilganligi» kabi gaplar haqiqatdan yiroq. Biroq Byuroning Toshkent tuman bo‘limi ayrim xodimlarining xatti-harakatlari bo‘yicha  tezkor ma’lumotlar mavjud. Ayni paytda  mazkur ma’lumotlar bo‘yicha  tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Agar tekshiruvda qonunbuzilishi holatiga yo‘l qo‘ygani aniqlansa,  aybdorlarning javobgarlik masalasi ta’minlanadi.

MIB mas’uli qayd etdiki, tizim rahbariyati «byuro xodimi» degan nomga dog‘ tushirganlarga nisbatan doim murosasiz  bo‘lib kelgan, bundan keyin shunday bo‘ladi. Buning isboti shuki, o‘tgan davrda 134 nafar xodimga nisbatan 71 ta xizmat tekshiruvlari o‘tkazilib, 38 nafar xodimning intizomiy javobgarligi hal qilingani, shundan 9 nafari tizimdan, 7 nafari o‘z lavozimidan  ozod qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring