Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent markazidagi binodan jurnalistlar chiqarib yuborilishi mumkin

Toshkent markazidagi binodan jurnalistlar chiqarib yuborilishi mumkin

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahri markazidagi «Matbuot uyi» binosi yana sotuvga qo‘yildi. E-ijro auksion ochiq auksionda bu binosining sotuvi haqida yana e’lon berildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Matbuotchilar ko‘chasi 32-uyning maydoni 9.890 kv.m bo‘lgan 7 qavatdan iborat binoning 3,4,5,6,7 qavatlari va chordoq qismi Iqtisodiy sudning ijro hujjatiga asosan sotuvga qo‘yilgan.

18 750 000 000.00 so‘m bilan savdoga qo‘yilgan mazkur binoda asosan matbuot vakillari, ya’ni bir nechta gazeta va jurnallar tahririyatlari joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ham «Matbuot uyi» binosi ochiq auksionga qo‘yilgan edi. Biroq ma’lum vaqt o‘tgach, Toshkent shahar hokimiyati mazkur ish hujjatlari qayta ko‘rib chiqilganini ma’lum qilib, muammoni ijobiy hal etgandi.

Ya’ni, jamoatchilikning faol qarshiligi va mutasaddilarning mavjud muammoli masalaga yechim topishi oqibatida bino kredit garov ta’minoti sifatida bekor qilingan va «Matbuotchilar uyi» jurnalistlarda, ya’ni avvalgidek, Toshkent shahar hokimiyati tasarrufida (balansida) qolgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring