Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent markazidagi ba’zi ko‘chalar bir oyga yopiladi

Toshkent markazidagi ba’zi ko‘chalar bir oyga yopiladi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Ertaga, 13-dekabrdan boshlab Toshkentning ba’zi ko‘chalarida avtomobil qatnovi to‘xtatiladi, deb xabar tarqatdi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati. 

Qayd etilishicha, avtomobil harakati cheklovi ayni damda olib borilayotgan Yangi yil ayyomiga tayyorgarlik va bayram tadbirlari bilan bog‘liq.

Shu munosabat bilan 13-dekabr kuni soat 08:00 dan boshlab 2020-yil 10-yanvar kuniga qadar Istiqlol ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasidan Buyuk Turon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi hamda Zarafshon ko‘chasining Mustaqillik shoh ko‘chasidan Istiqlol ko‘chasigacha bo‘lgan qismlarida harakat to‘xtatiladi.

Hokimlik keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring