Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent ichida yangi shaharcha qurilmoqda

Toshkent ichida yangi shaharcha qurilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Bu yerda bunyodkorlik ishlari ikki bosqichda amalga oshirilmoqda. Birinchi bosqichda 9 gektar maydonda okeanarium, amfiteatr, kinoteatr, ko‘ngilochar o‘yingoh, ertaknamo qasr, musiqali favvora, avtomobillar turargohi quriladi. Ikkinchi bosqichda 12 gektar huddudda mavzuli park, bolalar uchun avtodrom va attraksionlar, akvapark bunyod etiladi.

Shuningdek, kafe va restoranlar, savdo do‘konlari tashkil qilinadi. Havo musaffoligini ta’minlash maqsadida kashtan, qarag‘ay, yapon soforasi, magnoliya, eman, qayin kabi daraxtlar ekiladi.

Istirohat bog‘i to‘liq modernizatsiya qilingach, bir kunda 10 ming kishigacha xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Bu aholining mazmunli hordiq chiqarishini ta’minlash bilan birga Toshkent shahrining turistik jozibadorligini ham oshiradi.

Davlat rahbari istirohat bog‘ining yil davomida ishlashini ta’minlash, odamlar oilaviy dam olishi uchun keng imkoniyat yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Bog‘da Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlarimizdagi qadimiy obidalar maketini o‘rnatib, yoshlar va sayyohlarning tariximizga qiziqishini oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Shu yerda Toshkent shahri tumanlari hokimlari bilan muloqot bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring