Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent arxitektura-qurilish instituti tomi qulab tushishi yuzasidan izoh berildi

Toshkent arxitektura-qurilish instituti tomi qulab tushishi yuzasidan izoh berildi

Skrinshot: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda Toshkent arxitektura-qurilish institutiga tegishli bino tomi qulagani videosi tarqalgan edi. 

Keyinchalik berilgan xabarlarga ko‘ra, mazkur voqeaga 24-yanvar kuni kuzatilgan zilzila turtki bo‘lgan. Institut rasmiy saytida mazkur voqeaga berilgan izoh paydo bo‘ldi. 

Unga ko‘ra, «Shayxontohur tumani, Paxtakor ko‘chasi 3-uyda joylashgan ushbu bino 1950- yilda qurilgan. Kapital ta’mirga muhtoj mazkur binoning 3-qavatidagi 310–auditoriya shifti osilib qolganligi sababli 2019-yilning oktyabr oyidayoq yopib qo‘yilgan. 2020 yil 24 yanvar kuni kunduzi esa yer silkinishi oqibatida xona shiftining 5 kvadrat metri ko‘chib tushgan.

Mazkur bino prezident qaroriga asosan kapital ta’mirlash manzilli dasturiga kiritilgan. Ushbu binodagi o‘quv jarayonlarini Yunusobod tumanidagi Mashinasozlik kasb-hunar kolleji binosida davom ettirish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Oliy ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda ishchi guruhi tuzildi, voqea joyiga borilib, vaziyatni o‘rgangan holda tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda».

FVV xabariga ko‘ra, kecha Tojikiston hududida (Toshkentdan 317 km uzoqlikda) 5,5 magnitudalik zilzila sodir bo‘ldi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring