Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TIV Moskvada komaga tushib qolgan talabaning holatini nazoratga oldi

TIV Moskvada komaga tushib qolgan talabaning holatini nazoratga oldi

Foto: Google.com

O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi Moskva shahridagi L.A.Voroxobov nomli 67-son shahar klinik kasalxonasining reanimatsiya bo‘limida yotgan Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti talabasi, O‘zbekiston fuqarosi O‘. Baxronov to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi. Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli talaba O‘lmasxon Baxronov Moskva shahridagi kasalxonaga burnidan qon oqib borgan va biroz vaqt o‘tgach, odatiy palatadan reanimatsiya bo‘limiga olingan edi. Shundan so‘ng u koma holatiga tushib qolgan.

Elchixona tomonidan xabar qilinishicha, vaziyat nazoratga olingan. Elchixona xodimlari tibbiyot muassasasida bo‘lib bemorning yaqinlari, muassasa rahbariyati va davolayotgan shifokorlar bilan uchrashdilar, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligiga tashxisni aniqlash va muolaja o‘tkazishda qo‘shimcha choralar ko‘rish, jumladan mutaxassislarni jalb qilish iltimosi bilan murojaat qildilar.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod viloyati, Bryansk viloyati, Vladimir viloyati, Voronej viloyati, Ivanovo viloyati, Kaluga viloyati, Kastroma viloyati, Kursk viloyati, Lipetsk viloyati, Moskva shahri, Moskva viloyati, Orlov/Oryol viloyati, Ryazan viloyati, Smolensk viloyati, Tambov viloyati, Tver viloyati, Tula viloyati, Yaroslav viloyati) va Armaniston hududidagi fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: : +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring