Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Termiz shahri ko‘chalaridan g‘aroyib avtokarvon o‘tdi

Termiz shahri ko‘chalaridan g‘aroyib avtokarvon o‘tdi

Foto: «Xabar.uz»

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan avtokarvon tashkil etildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati «Xabar.uz»ga ma’lumot berib o‘tdi.

Avtokarvon shahar ko‘chalari bo‘ylab harakatlandi. Tadbirda «Vatanparvar» tashkiloti, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Surxondaryo viloyat televideniyesi xodimlari ishtirok etdi.



Tadbir davomida bolajonlar va ularning ota-onalariga yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha tayyorlangan maxsus bukletlar tarqatildi.

Avtokarvon viloyatning boshqa shahar va tumanlarida ham davom ettiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring