Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Temir yo‘l poyezdini garovga olgan shartli terrorchilar zararsizlantirildi

Temir yo‘l poyezdini garovga olgan shartli terrorchilar zararsizlantirildi

Foto: Milliy gvardiya

Surxondaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi tashabbusi bilan Termiz tumanidagi Uchqizil temir yo‘l stansiyasida «Terrorchilar tomonidan temir yo‘l transportida garovga olinganlarni ozod etish va terrorchilarni zararsizlantirish» mavzusida Ichki ishlar boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda maxsus-taktik o‘quvlari o‘tkazildi.

Caption

Maxsus-taktik o‘quvi barcha bo‘linmalarni yuqori jangovar shaylikka keltirishdan boshlandi. Bo‘linmalar tayyorligi haqida ma’lumotlar olingandan so‘ng vazifani birgalikda bajarishga kirishdilar.

Bunda bo‘linmalarning uzoq masofalarga safar yurish ko‘nikmalarini oshirish uchun harakat davomida sun’iy to‘siqlar yaratildi va ularni bo‘linmalar muvaffaqiyatli zabt etib, belgilangan marralarga o‘z vaqtida yetib bordilar.

Foto: Milliy gvardiya

Dastavval yuzaga kelgan vaziyatni tinchlik yo‘li bilan hal etish maqsadida, terrorchilar bilan muzokaralar olib borildi. Muzokaralar ijobiy natija bermagach, maxsus bo‘linmalar vaziyatga har tomonlama aniqlik kiritgan holda qaror qabul qildilar.

Uyg‘unlikdagi harakatlar natijasida ishg‘ol qilish orqali garovdagilarni ozod etish va shartli terrorchilarni zararsizlantirishga erishildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring