Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ichki ishlar tizimida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Ichki ishlar tizimida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Foto: Xabar.uz

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, podpolkovnik Utambetov Sabit Abdijamilovich Qorao‘zak tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar S.Utambetov Nukus shahar bo‘yicha IIO FMB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Valiyev Dilmurod Hotamovich Angren shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar D.Valiyev Olmaliq shahar IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Mavlonov Abrorjon A’zamjonovich Uchko‘prik tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Mavlonov O‘zbekiston tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Umarov Sardorbek Rahimjonovich Asaka tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar S.Umarov Baliqchi tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Biloloxunov Nurillo Saydulloyevich Baliqchi tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar N.Biloloxunov Asaka tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Tursunov Zafar Jomuradovich G‘uzor tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Z.Tursunov Qarshi shahar bo‘yicha IIO FMB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Xo‘jamqulov G‘ayrat Choriyevich Qiziriq tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar G‘.Xo‘jamqulov Muzrabot tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring