Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Taxta deb ko‘rsatilgan yuk tayyor eshik bo‘lib chiqdi

Taxta deb ko‘rsatilgan yuk tayyor eshik bo‘lib chiqdi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi «Buxoro» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida xorijiy mamlakatdan yurtimizdagi korxonalarning biriga yuk mashinasida yuborilgan taxtalar belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda qonun buzish holati aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Tekshiruv natijasida, hujjatlarda taxtalar ko‘rsatilgan bo‘lsada, yuk mashinasida tayyor eshiklar borligi aniqlandi.

Aniqlangan tovarlarning umumiy qiymati 33 million so‘mga baholangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring