Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tashkent City’ga masjid kerak emasmi? — bloger

Tashkent City’ga masjid kerak emasmi? — bloger

Orifjonboy masjidi. Avvalgi ko‘rinishi

Bloger Musannif Adham Toshkent markazida qurilayotgan Tashkent City’dagi masjid muzeyga aylantirilayotganidan hayron qolayotganini bildirgan.

«Tashkent City’ga masjid kerak emasmi? O‘zi shundoq ham shahar markazidagi tarixiy mahalla yo‘qoldi. Endi hech bo‘lmasa masjidni masjid qilib saqlab qolish kerak edi. City’da yashaydiganlar yoxud bu yerdagi biznes markazlariga ish bilan keladigan mahalliyu xorijiy ishbilarmonlar orasida namozxonlar ham bo‘ladi har holda. Shunday ekan, quruq muzeydan kimga naf?», deb yozgan bloger.

Xabarlarga ko‘ra, tarixiy O‘qchi va Olmazor mahallari orasida joylashgan, hozirda Tashkent City hududida qolib ketgan "Orifjonboy" masjidi muzeyga aylantirilmoqda. Bloger 2008-yil iyunida shu masjidda bir necha marta namoz o‘qiganini yozgan.

Orifjonboy masjidi. Hozirgi ko‘rinishi

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Farg‘ona hokimi Shuhrat G‘aniyevning Dang‘ara tumanidagi Said Ahmadxon Hoji masjidi, Uchko‘prik tumanidagi Xo‘ja Muhammad Vale masjidi, Oltiariq tumanidagi Shohi Tolib masjidlarini yopishga buyruq bergan majlisiga ishora qilib, "O‘zbekistonda masjidlar yopilmaydi, ochiladi", deb bayonot bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring