Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tashkent City» sayilgohida Yangi yil oziq-ovqat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

«Tashkent City» sayilgohida Yangi yil oziq-ovqat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

Sayilgoh hududida uch hafta davomida 300 ga yaqin turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini arzon narxlarda xarid qilishingiz mumkin, shuningdek, shu yerning o‘zida bayramona shou dasturi va, albatta, bolalar uchun archa tashkil etiladi.

Tashkent City sayilgohi tashkil etilganidan buyon poytaxtdagi muhtasham va keng ko‘lamli tadbirlar timsoliga aylandi. Bu yerda O‘zbekistondagi birinchi yirik musiqali favvora, birinchi uchar kinoteatr, birinchi mashhurlar muzeyi paydo bo‘ldi. Muzey bugungi kunga qadar yangi qahramonlar bilan to‘ldirilib borilmoqda.

Tashkilotchilar mehmonlarni faqatgina qiziqarli maskanlar va obodonlashtirilgan hudud bilan emas, turli rekordlar bilan ham hayratda qoldirib kelmoqdalar. Misol uchun, o‘tgan qishda bog‘ hududida bir vaqtning o‘zida bir nechta rekord o‘rnatildi. Ulardan biri sifatida 300 metrlik pitssani aytib o‘tishimiz mumkin. Hozirda sayilgoh hududida ilk marotaba ikki haftalik Hilton Auto Expo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda turli davrlarga oid ko‘plab avtomobillar namoyish etilmoqda, shuningdek, ko‘rgazma davomida turli xil ko‘ngilochar dasturlar o‘tkazilmoqda.

10 dekabrdan 31 dekabrga qadar sayilgoh hududida yana bir katta tadbir – Yangi yil oziq-ovqat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi, unda 300 dan ortiq brendlarning mahsulotlari namoyish etiladi. Soha vakillari tashrif buyuruvchilarni o‘z mahsulotlari bilan tanishtirishlari, mehmonlar esa yangi mahsulotlarni tatib ko‘rishlari va unumli narxlarda xarid qilishlari mumkin. Yarmarka davomida bolalarni ajoyib ko‘ngilochar dastur kutmoqda.

Sayilgoh hududi uch hafta davomida jahon darajasidagi ko‘rgazma markaziga aylanadi. Markaziy xiyobonlar bo‘ylab go‘shtli delikateslar, dengiz mahsulotlari, noyob pishiriqlar, shirinliklar, yangi yil sovg‘alari va boshqa ko‘plab mahsulotlar bilan to‘la maxsus jihozlangan savdo stendlari o‘rnatiladi. Namoyish etiladigan barcha mahsulotlar arzon narxlarda shu yerning o‘zida sotiladi. Natijada, Yangi yil arafasida mablag‘ingizni yaxshigina tejash imkoniyatiga egasiz.

Yarmarkaning har bir kuni biron bir mavzuga bag‘ishlangan bo‘ladi: Amerika, Yevropa, Osiyo, milliy va dunyoning boshqa mamlakatlari taomlariga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkaziladi. Bu nafaqat taomlarni tatib ko‘rish, balki bolalarni qiziqarli muhitda turli mamlakatlarning taomlari bilan tanishtirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Kafe va restoranlar zamonaviy fudtraklar va ko‘chma pavilonlari yordamida o‘z taomlarini namoyish etishadi. Tashkent City sayilgohida ilk bor bir vaqtning o‘zida milliy, Osiyo, Yevropa, Amerika taomlarini, shuningdek, butun dunyoga mashhur bo‘lgan yuqori sifatli qandolatchilik mahsulotlari, pishiriqlar va ichimliklarni tatib ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Ko‘rgazma ishtirokchilari 1 000 000 dan ortiq tashrif buyuruvchilarni o‘z mahsulotlari bilan tanishtirish, shuningdek, eng yaxshi brend nomini olish uchun tanlovda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tashrif buyuruvchilar «Eng yaxshi palov», «Eng yaxshi pitssa», «Eng yaxshi sushi», «Eng yaxshi burger», «Eng yaxshi desert», «2021 yilning eng yaxshi brendi» va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarni tanlab olishadi.

An’anaga ko‘ra, bu kabi keng ko‘lamli tadbirlar ko‘ngilochar dastursiz o‘tmaydi. Bu yerda shef-oshpazlar va barmenlar ishtirokidagi shoular, estrada yulduzlarining konsertlari, sirk va akrobatlarning chiqishlari tashkillashtiriladi. Yarmarka Yangi yil arafasida o‘tkazilishi bois, bolalar uchun sehrga to‘la maxsus dastur tayyorlanadi. Ota-onalar uchun yoqimli bonus - bu yerda siz tayyor sovg‘alarni unumli narxlarda xarid qilishingiz mumkin.

Yangi yil oziq-ovqat yarmarkasida ishtirok etish uchun ariza topshirish va batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling: +998 95 144 41 41

reklama

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring