Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tasavvur qiling, siz — Bill Geytssiz...

Tasavvur qiling, siz — Bill Geytssiz...

Tasavvur qiling, siz — Bill Geytssiz.

Umringizning 30 yilini va ishlab topgan 50 milliard dollaringizni insonparvarlik ishlariga sarflagansiz. Qit’aning qariyb yarim hududini bezgakdan himoyalovchi to‘rlar bilan qoplab, Janubi-Sharqiy Osiyodagi yuz minglab insonlarning hayotini bevosita saqlab qolgansiz. 40 million nafar bolaga poliomiyelitga qarshi vaksina sotib olib berib, rivojlanayotgan mamlakatlarda go‘daklar o‘limini kamaytirgansiz. Sizning xayriya ishlaringiz ro‘yxatida Khan akademiyasi kabi ta’lim platformalarini moliyalashtirish ham borki, qanchadan-qancha insonlar oliy darajadagi ta’limni bepul olishmoqda.

Xullas, siz pulingizning yarmini xayriya ishlariga berdingiz. Vasiyat ham bitdingizki, qolgan pullaringizning 90 foizi ehtiyojmandlarga yordam uchun jo‘natiladi. Bu sayyorada hayotni yaxshilash uchun hech bir inson sizchalik yelib-yugurmaganiga hech bir shubhangiz yo‘q.

Va... Internetga kirsangiz, millionlab kimsalar siz ular uchun ixtiro qilgan kompyuterlarga kirib, bolalarning qotili, yovuzlarning yovuzi, insoniyatning kushandasi degan mag‘zavalarni ustingizdan ag‘darishmoqda. Hammasiga IQ darajasi sabzavotnikiga teng allakim YouTubega joylagan rolik sabab...

Tasavvur qiling, siz — Bill Geytssiz...

«Pikabu»dan tarjima qilindi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring