Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanzila Norboyeva: «Hamma o‘z holicha ishlaydi, bizni kasalimiz shunda!»

Tanzila Norboyeva: «Hamma o‘z holicha ishlaydi, bizni kasalimiz shunda!»

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida senatorlar Ichki ishlar vazirligining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktik holati to‘g‘risidagi 2019-yil yakuni bo‘yicha axborotini tanqidiy-tahliliy muhokama qilishdi.

«Xabar.uz» muxbirining ma’lum qilishicha, Senat raisi bolalar jinoyatchiligidagi ishlarga o‘zining tanqidiy fikrlarini bildirib o‘tgan.

«Bolalar jinoyatchiligining oqibatlari bilan ishlash emas, shu kungacha bo‘lgan huquqbuzarliklarni tahlil qilish, bu sohada nafaqat bolalar, balki ularning ota-onalari bilan ishlash kerak.

Bu yerda psixologlarning jalb qilinmayotganligi sabab bo‘lyapti. Umuman, hamma o‘z holicha ishlaydi, bizni kasalimiz shunda. Tizimlar ko‘p, moddiy qo‘llab-quvvatlash bor, hamma harakatlar davlat tomonidan qilib berilgan, lekin pastda uyushib profilaktik ishlarni qilmaganligimiz kamchiliklarni keltirib chiqaryapti», deya aytib o‘tgan Tanzila Narboyeva.

Shuningdek, Senat raisi vazirlik tomonidan ayollarga himoya orderi berishdagi sustkashlikka ham to‘xtalib o‘tdi.

«Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinganidan keyin himoya orderi berish bo‘yicha nizom qariyb olti oy o‘tib qabul qilindi. Bu qonunni yarim yil ishlamasligiga sabab bo‘ldi. Ikkinchidan, vazirlik bu bo‘yicha yetarlicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini yaxshi yo‘lga qo‘ymadi», deya tanqid qildi T.Norboyeva. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring