Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanzila Narbayeva: Davlat rahbari muhim tashabbuslarni ilgari surdi

Tanzila Narbayeva: Davlat rahbari muhim tashabbuslarni ilgari surdi

2020-yil 23-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida nutq so‘zladi.

Davlat rahbari o‘z nutqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etdi.

«Maqsadimiz – har bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini,  salomatligi va farovonligini ta’minlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratishdir», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva ushbu kodeksni ishlab chiqarishning zarurati, uning ahamiyati to‘g‘risida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Davlatimiz rahbari o‘z nutqida nafaqat yurtimiz uchun dolzarb bo‘lgan, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi, Afg‘oniston va butun dunyo uchun muammoli bo‘lgan masalalarni ko‘tardi hamda ularning aniq yechimlari bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi», — dedi Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring