Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli navoiyshunos Akrom Malikovga chiqarilgan sud hukmi o‘rganilmoqda — Oliy sud

Taniqli navoiyshunos Akrom Malikovga chiqarilgan sud hukmi o‘rganilmoqda — Oliy sud

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi "SOF.UZ" saytida chop etilgan “Oliy sud navoiyshunos Akrom Malikning shikoyat arizasiga e’tibor qaratmadi” maqolasi yuzasidan munosabat bildirgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum qilishlaricha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2017 yil 13 yanvardagi hukmiga ko‘ra, Malikov Akrom Abduhamidovich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 159-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari, 2441-moddasi 3-qismi “a,v,g” bandlari, 2442-moddasi 1-qismi bilan Jinoyat kodeksi 59-moddasi tartibida 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan.

Shu sud kassatsiya instansiyasining 2018 yil 23 fevraldagi ajrimi bilan sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Himoyachilar T.Jumaniyazov va F.Mustonov tomonidan A.Malikovga oid jinoyat ishi yuzasidan chiqarilgan sud qarorlaridan norozi bo‘lib, Oliy sudga nazorat tartibida shu yil 22 iyul kuni shikoyat berilgan.

Hozirda mazkur shikoyat asosida A.Malikovga oid jinoyat ishi yuzasidan chiqarilgan sud qarorlari o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring