Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorlar uchun energiya taqchilligi muammosi bo‘lmasligi lozim — Prezident

Tadbirkorlar uchun energiya taqchilligi muammosi bo‘lmasligi lozim — Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati

Joriy yilda tadbirkorlarda energiya ta’minoti va boshqa infratuzilma bilan bog‘liq muammolar bo‘lmasligi kerak. Buni Prezident Shavkat Mirziyoyev selektor yig‘ilishi vaqtida alohida ta’kidlab o‘tdi.

Davlat rahbari o‘tgan kuz-qish mavsumida elektr energiyasi muammosi sababli tadbirkorlikka yetgan zararga alohida to‘xtalib o‘tdi.

«Elektr quvvati past bo‘lgani bois, Yangihayot tumanidagi 24 ta korxonada 2,5 mingta ish o‘rni va eksportdan yiliga 25 million dollar yo‘qotilmoqda.

Umuman, respublikada infratuzilmadagi muammolar tufayli, 320 ta tadbirkor so‘nggi 2 yilda import qilgan 220 million dollarlik asbob-uskunalarini ishga tushira olmayapti», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ta’kidlanishicha, joriy yilda tadbirkorlarning elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga 560 milliard so‘m ajratildi.

Bundan tashqari, bir oy muddatda muammosi mavjud sanoat zonalari xatlovdan o‘tkazilib, elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ishlar boshlanadi. Buning uchun yana qo‘shimcha 300 milliard so‘m ssuda mablag‘lari ajratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring