Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkor Firuz Allayev: «O‘zbekistonda elektron savdo bozori deyarli bo‘sh, uni egallamoq kerak» (video)

Tadbirkor Firuz Allayev: «O‘zbekistonda elektron savdo bozori deyarli bo‘sh, uni egallamoq kerak» (video)

Foto: «Xabar.uz»

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali «Asaxiy.uz» internet do‘koni asoschisi va rahbari tadbirkor Firuz Allayev bilan intervyu uyushtirdi.

Tadbirkor O‘zbekistondagi internet do‘konlar va elektron savdo masalasi va uning yurtimizdagi istiqboli xususida gapirdi. Shuningdek, o‘zbek blogosferasi, bugungi OAVlarda so‘z erkinligi va axborot olish, jamiyatda trendda bo‘lgan muammolar xususida fikr yuritildi. Suhbatning eng qiziqarli joylaridan ayrim fikrlarni sizga taqdim etamiz.

***

O‘zbekiston elektron savdo uchun juda qulay mamlakat. Bu yerda bozor deyarli bo‘sh, hech kim tomonidan egallanmagan. Shaxsiy hisobimcha aholining maksimal 3-4 foizi mahsulot yoki tovarlarni internet do‘konlarda xarid qiladi.

***

Internet va ijtimoiy tarmoqlar bugun tadbirkor mahsulotini reklama qilish imkoniyatini yuz barobarga oshirdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

***

Jamiyatda ma’lum bir tabaqa boshqalarning qanday yashashini, fikrlashini belgilab bermasligi kerak.

***

Bizda «ma’naviyat» so‘zining ming xil qiyofasi yaratildi. Ulardan biri aynan senzura ko‘rinishda paydo bo‘ldi. Aynan shu senzura barchani bir xil qolipga solishga harakat qildi. Ma’naviyat ilm ko‘rinishida bo‘lsa, unga hech kim qarshi chiqmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring