Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Svetlana Ortiqova Bosh prokurorga o‘rinbosar bo‘ldi — OAV

Svetlana Ortiqova Bosh prokurorga o‘rinbosar bo‘ldi — OAV

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Senati raisi o‘rinbosari Svetlana Ortiqova Bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlangan. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Biroq bu xabar hali rasman tasdiqlangani yo‘q.

Svetlana Ortiqova  1962-yil 1-yanvarda Namangan viloyatida tug‘ilgan. 1987-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Kasbiga ko‘ra — huquqshunos, ko‘p yillar prokuratura tizimida ishlagan.

2010-2014-yillarda u Oliy Majlis Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi bo‘lgan. Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

2015-yil 20-yanvarda prezidentning farmoniga binoan Svetlana Ortiqova senator etib tayinlangan va shu yili u Oliy Majlis Senati raisining o‘rinbosari etib saylangan. O‘sha davrda Senatga raislik qilgan Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2019 yil iyunidan beri O‘zbekiston bosh prokurori hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring