Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suv o‘z-o‘zidan biologik tozalanish xususiyatiga ega

Suv o‘z-o‘zidan biologik tozalanish xususiyatiga ega

Foto: Telegram/Ekologuz

Suv tabiiy manba sifatida o‘z-o‘zidan biologik tozalanish xususiyatiga ega bo‘ladi. U quyosh nuri va organizmlar faoliyati ta’sirida tozalanadi.

Ya’ni 24 soatda 50 foiz bakteriyadan tozalansa, 96 soatda ifloslovchi moddalarning 0,5 foizi qoladi, ammo juda ifloslangan suvning tozalanishi qiyin kechadi.

Hozirgi vaqtda yer yuzidagi har bir kishiga kuniga 3 litrdan 790 litrgacha suv kerak bo‘ladi, insonlarning jon boshiga kundalik sarflanadigan suvning miqdori turlicha. Jumladan, rivojlangan mamlakatlarda ko‘pincha 550-600 litr, taraqqiy etmagan davlatlarda 60-150 litr atrofida, qishloq joylarida 15-25 (40 litr)ni tashkil qiladi.

Soha olimlarining fikricha, suv organizm uchun hayotiy omil, shu bois ham tananing 70 foizi suvdan iborat. Inson suvsiz 4-5 kun, ozuqasiz esa 50-60 kun yashaydi xolos. Tanada suv miqdorining 5 foizga kamayishi bosh aylanishini yuzaga keltirsa, 10 foiz kamayishi o‘limga olib keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring