Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoning uzoq tog‘li qishlog‘ida 100 yil avval qurilgan masjid qayta ochildi (foto)

Surxondaryoning uzoq tog‘li qishlog‘ida 100 yil avval qurilgan masjid qayta ochildi (foto)

Joriy yilning 2-iyul kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida Boysun tumani, «Inkabod» MFY, Omonxona qishlog‘ida joylashgan «Shayx Shamsiddin» jome’ masjidi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

«Inkabod» MFY viloyat markazidan 150 km uzoq tog‘li hudud bo‘lib, hududdagi Omonxona, Qiyakamar, Qizilto‘lqin, Inkabod, Chorbog‘ va unga tutash bo‘lgan Qilichbog‘, Dashtig‘oz qishloqlarida 3 000 dan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Mazkur hududlarda yashovchi aholi ilgari diniy ibodatlarni amalga oshirish uchun 15-20 km uzoqlikda bo‘lgan tuman markazidagi masjidga qatnashardi. «Omonxona» shifo maskaniga tashrif buyuruvchi mehmonlar ham diniy ibodatlarini amalga oshirish uchun shuncha yo‘l bosishga majbur bo‘lardi.(«Omonxona» qishlog‘ida inson jigari uchun foydali bo‘lgan buloq suvi chiqadi, yiliga o‘n mingdan ortiq insonlar ushbu hududga tashrif buyurishib shifo topishadi)

Endi esa bu muammo hal etildi, hudud aholisi va mehmonlar masjid ochilishidan mamnundirlar.

«Shayx Shamsiddin» jome’ masjidi shu yerlik aholi tomonidan 1910-yilda hashar yo‘li bilan qurilgan bo‘lib, 1998-yildan buyon faoliyat yuritmasdan kelayotgan edi.

Hozirda ushbu masjid qayta ta’mirlanib foydalanishga topshirildi.

Joriy yilning 5-iyul kuni masjidda ilk juma namozi o‘qilishi rejalatirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring