Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sug‘urtalashning «xorazmcha usuli». Yoki aldagani keksa yaxshimi?

Sug‘urtalashning «xorazmcha usuli». Yoki aldagani keksa yaxshimi?

Foto: «vedomostinso.rf»

«O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasining Urganch filiali ayrim xodimlari  sug‘urtalashning yangicha usuli kashf etishayotgandek.

Yaqinda filial xodimlari Hazorasp tumanidagi qishloqlarda uyma-uy yurib, o‘zlarini go‘yoki tuman soliq idorasi xodimi sifatida tanishtirgan va mulk solig‘idan qarzi borligini aytib, pul undirishgan. Biroq pul to‘langanlik haqida berilish lozim bo‘lgan kvitansiya o‘rniga «O‘zbekinvest»ning «Mening uyim – mening mulkim» – jismoniy shaxsning uy-joyini sug‘urtalash polisini berib ketishgan.

Ana shunday holat bo‘yicha Bo‘ston qishlog‘idagi «Qovunchi» mahallasida yashovchi o‘nlab nafar fuqarolarning mol-mulki sug‘urtalanganligi aytilmoqda.

Foto: «Xabar.uz»

– Farzandlarim ishda, nabiralarga qarab o‘tirganimda ikki nafar yigit bilan bir qiz kelib, onaxon, bizlar tuman soliq idorasidanmiz. Mulk solig‘idan sal kam yuz ming so‘m qarzingiz bor ekan, agar to‘lamasangiz, majburiy ijro byurosiga o‘tkazib yuboramiz, keyin ustama bilan undirib olishadi, deyishdi. Shoshib qoldim va pensiyamdan 80 000 so‘m to‘ladim. Keyin ular qo‘limga shu qog‘ozni tutqazib ketishdi, – deydi nafaqaxo‘r Sharifa Seymamatova.

– Men har yili mulk va yer solig‘ini yil boshidayoq to‘lab qo‘yaman. Uyga kelsam, onam bir hujjat tutqazdi, u soliq idorasining emas, «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasiniki ekan, –  deydi onaxonning o‘g‘li P.Qadamov.

To‘g‘ri, uy-joyni sug‘urtalash yaxshi. Lekin buning uchun odamlarni aldash emas, balki sug‘urta kafolatiga ularning ishonchini orttirish lozim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring