Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

So‘x hokimiga xos huquq berildi, mahalliy aholi bir yil muddatga yer va mol-mulk soliqlaridan ozod etildi

So‘x hokimiga xos huquq berildi, mahalliy aholi bir yil muddatga yer va mol-mulk soliqlaridan ozod etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «2020-2021-yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Qaror bilan 2020-2021-yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Tumanda tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyot tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida 2020-yilda jismoniy shaxslar yer solig‘i va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etildi. Shuningdek, joriy yil 1-avgustdan boshlab 2021-yil 31-iyulga qadar yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i amaldagi qat’iy belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida belgilandi.

Bundan tashqari, tadbirkorlarning biznes loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida kredit foiz stavkasining 10 foizli punktidan yuqori bo‘lgan qismini, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdorini Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilish tartibi joriy etilishi ham davlat rahbari qarorida alohida qayd etiladi.

Yana bir e’tiborli holat: So‘x tumani hokimiga (Farg‘ona viloyati hokimligi bilan kelishgan holda) 2022-yil 1-yanvarga qadar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar uchun, istisno tariqasida, sug‘oriladigan yer maydonlaridan tashqari, yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish huquqi berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring