Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soliq xodimini 900 dollarga «sotib olmoqchi» bo‘lgan fuqaro ushlandi

Soliq xodimini 900 dollarga «sotib olmoqchi» bo‘lgan fuqaro ushlandi

2016-yil 13-dekabrda qabul kilingan Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hamda prezidentning korrupsiya bo‘yicha qarori ijrosini taminlash maqsadida Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan hududiy inspeksiyalarda  targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, Bo‘stonliq tumani davlat soliq inspeksiyasida faoliyat kursatib kelayotgan davlat solik inspektori K. Yo‘lchiyev 2019-yil 20-iyun kuni noma’lum fuqaro qo‘ng‘iroq qilganini va tadbirkorlik qilish niyati borligini, unga «rahnamolik» qilib turishi evaziga oyiga 500 AQSh dollaridan berib turishini ma’lum qilgan.

DSI xodimi K. Yo‘lchiyev mazkur holatdan shubhalanib, vaziyat bo‘yicha viloyat davlat soliq boshqarmasi rahbariyati hamda tegishli organlarni o‘z vaqtida xabardor qilgan. Shundan so‘ng ushbu holat tegishli organlar tomonidan nazoratga olinib, 29-iyul kuni pora taklif kilayotgan fuqaro K. Yo‘lchiyevning xizmat xonasida K. Yo‘lchiyevga 900 AQSh dollarini pora tariqasida berayotgan vaqtida Toshkent viloyati DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Natijada sodir bo‘lishi kerak bo‘lgan korrupsiya holati oldi olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring