Soliq boshqarmasi boshlig‘i hokim etib tayinlandi

Zarbdor tumaniga yangi hokim tayinlandi. 17 yanvar kuni Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Viloyat hokimi Zardor tumani hokimi lavozimiga tavsiya etilgan nomzod Jizzax viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Toshpo‘latov Bekzod Turg‘unovichni tanishtirdi.
Viloyat hokimining Toshpo‘latov Bekzod Turg‘unovichni Zarbdor tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.
Ma’lumot uchun: 2024-yilning 28-dekabr kunida Zarbdor tumani hokimi Ruziyev Zafar Sharopovich viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter