Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyatida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyatida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirildi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston prezidentining 3-iyuldagi qaroriga asosan Sog‘liqni saqlash vaziri rahbariyatida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Ulug‘bek Sobirov Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U 1974-yilda tug‘ilgan. 1997-yilda Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi)ning davolash ishi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, tibbiyot fanlari doktori.

Tayinlovga qadar Dermatologiya va venerologiya ilmiy tekshirish institutida turli lavozimlarda ishlagan. 2013-yildan ayni paytga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan.

Shuningdek, Shohruh Shorahmetov ham vazir o‘rinbosari lavozimini egalladi. 

Shu vaqtgacha ushbu lavozimda faoliyat ko‘rsatib kelgan Bahodir Nizomov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etildi.

Sh.Shorahmetov 1977-yilda tug‘ilgan. 1998-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1999-yilda esa Buyuk Britaniyaning Ekseter universitetini iqtisodchi, moliya va investitsiyalar mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Hatto, soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Azizov Abdulla Abdisalomovich ham sog‘liqni saqlash tizimiga «safarbar qilindi».

Avvalroq, Elmira Bositxonova ham vazirlik rahbariyatiga qaytgani xabar berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring