Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sog‘liqni saqlash tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Sog‘liqni saqlash tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Prezident farmoniga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi huzurida Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida esa Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tashkil etilgandi.

Prezidentning tegishli qarori bilan Atabekov Nurmat Satiniyazovich Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i – O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya inspektori, Almatov Bahrom Ibragimovich Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori – O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi etib tayinlangani bildirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

N.Atabekov bugungi kungacha Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti direktori, B.Almatov esa Respublika Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring