Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq To‘ytepaga yangi hokim tayinlandi

Sobiq To‘ytepaga yangi hokim tayinlandi

Qahramon Hakimov

Qahramon Hakimov Nurafshon shahri hokimi lavozimiga tayinlangan. Bugun bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Nurafshon shahar kengashining sessiyasida shu masala ko‘rilgan.

2018-yildan beri Q.Hakimov "Toshuyjoy LITI" aksiyadorlik jamiyati bosh direktori bo‘lib ishlagan.

Yangi hokim asli andijonlik bo‘lib, ish faoliyatini Izboskan tumani IIBda boshlagan. Faoliyati davomida sanoat va qurilish sohasida bir qator mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Nurafshon shahrining avvalgi hokimi Olmaliq shahriga rahbar bo‘lib ketgani haqida xabar bergandik.

Ma’lumot uchun, Nurafshon shahrining oldingi va xalq yaxshi taniydigan nomi To‘ytepa bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring