Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryoda tungi yong‘inda bir oilaning 6 a’zosi vafot etdi

Sirdaryoda tungi yong‘inda bir oilaning 6 a’zosi vafot etdi

Sirdaryo viloyati, Sardoba shaharchasidagi yong‘inda olti kishi vafot etdi. Bu haqda FVV tomonidan xabar berilgan.

Bugun, 17 fevral kuni soat 02:40da Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani, Sardoba shaharchasi, «Ko‘rkam diyor» MFY, Robot ko‘chasidagi 3-uy, 1-xonadonda yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in natijasida uyning kirish yo‘lagi va yotoqxonasining 40 kv.m maydonidagi uy jixozlari yongan.

Yong‘in soat 03:00da o‘rab olinib, soat 03:45da o‘chirilgan. Ayanchlisi, buning oqibatida ushbu uydagi 6 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Vafot etgan fuqarolar: B.Z. 1972 y.t. (uy egasi), N.X., 1976 y.t. (turmush o‘rtog‘i), O.Sh., 1996 y.t. (qizi), O.D., 2006 y.t. (qizi),O.A., 2010 y.t. (o‘g‘li), N.N., 2018 y.t. (nabirasi).

Voqea joyiga FVV rahbariyati, viloyat FVB, IIB, prokuratura, tuman FVB, SSB xodimlari, IIB tergov tezkor guruhi hamda tegishli xizmatlarning kuch va vositalari jalb etilgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring