Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryo. Tanqidiy maqolalardan so‘ng muammolar bartaraf etilmoqda

Sirdaryo. Tanqidiy maqolalardan so‘ng muammolar bartaraf etilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Avvaliga ayrimlarning ensasi qotgan rost: namuncha Sirdaryo, ayniqsa, Boyovutga yopishib oldinglar, bu yerdagi muammolar boshqa joyda yo‘qmi?

Odatdagi manzara: jurnalist biror joyni tanqid qilsa, ilk javob shunday bo‘ladi. Bunaqa javob, bunday munosabat insonning dunyoqarashi nechog‘li ekanidan dalolat beradi.

Nima, bunday muammo hamma joy tiqilib yotibdi, deya o‘zimizni yupataveramizmi?

O‘zimizni aldab, vaziyatni xaspo‘shlayveramizmi?

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi ahvoldan qisman belgi beruvchi «Hokimning oyog‘i yetmagan joylar...» va «Gazchilarning nayrangi fosh bo‘ldi» sarlavhali maqolalardan so‘ng, yuqoridagicha gap-so‘zlarni eshitgach, andak hafsalamiz pir bo‘lgandi: «muammolar shundog‘icha qolib ketsa-ya yana?..»

Yo‘q, tanqidiy maqolalardan so‘ng vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarishga tushibdi.

Foto: «Xabar.uz»

Kuni kecha tahririyatga Sirdaryo viloyati hokimligidan rasmiy xat keldi. Viloyat hokimi o‘rinbosari  J.Ibrohimov imzolagan xatda  shunday deyiladi (matn tahrirsiz, aynan keltirilmoqda):

«...Boyovut tumani «Yangiobod» mahallasiga kirish qismidagi «Guliston.sh - Boyovut.sh - G‘alaba DXFU» yo‘nalishidagi umumiy uzunligi 10 km bo‘lgan 4K-669-B mahalliy yo‘lining 5,5 km masofasi joriy ta’mirlanganligini hamda aholini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi tarmoqqa o‘rnatilgan tiqin Boyovut tuman 2-sonli hududlararo gaz ta’minoti uchastkasi chilangarlari tomonidan mahalla faollari guvohligida olib tashlangani va ushbu muammolar bartaraf etilib, mahalla aholisi bu ishlardan mamnun ekanligini ma’lum qilamiz».

Yoqimli xabar.

Xayrli ishlar bardavom bo‘lsin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring