Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhrat G‘aniyev «Qo‘qon ushshog‘i»dan to‘rt misra o‘qigan olimga «Nexia-3» sovg‘a qildi

Shuhrat G‘aniyev «Qo‘qon ushshog‘i»dan to‘rt misra o‘qigan olimga «Nexia-3» sovg‘a qildi

Qo‘qon shahrida ilk bor o‘tkazilayotgan Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirish jarayonida Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniyev shahar faollari va viloyat rahbarlari uchun yig‘ilish o‘tkazgan.

Jurnalist Gulbahor Saidg‘aniyevaning yozishicha, kutilmaganda mavzu Qo‘qon adabiy muhiti, milliy qo‘shiqchilik san’ati tomonga yo‘naldi. Viloyat rahbari Qo‘qon tarixi, madaniyati bilan bog‘liq fikrlarni bildirar ekan, «Qo‘qon ushshog‘i» mumtoz qo‘shig‘ining muallifi kimligini yig‘ilish qatnashchilaridan kutilmaganda so‘rab qoladi. Ushbu savolga javob berib, g‘azaldan to‘rt misra aytib bera olgan odamga 5 million so‘m mukofot e’lon qilindi. Javob topilavermagach ushbu pul miqdori keyin 20 millionga ko‘tarildi. Va nihoyat mablag‘ miqdori 100 millionga yetdi.

Qo‘qon adabiyot muzeyi mudiri Abdullatif Turdaliyev ushbu qo‘shiq g‘azali muallifi Yusuf Saryomiy ekanligini bildirib, qo‘shiq matnidan parcha aytib berdi.

Viloyat hokimi olimni mukofot tariqasida «Nexia-3» rusumli avtomobil bilan taqdirladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring