Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhratbek Abdurahmonov profilaktika nozirlari sonini ko‘paytirishni taklif qildi

Shuhratbek Abdurahmonov profilaktika nozirlari sonini ko‘paytirishni taklif qildi

Foto: «Xabar.uz»

Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida senatorlar Ichki ishlar vazirligining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktik holati to‘g‘risidagi 2019-yil yakuni bo‘yicha axborotini tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi.

«Xabar.uz» muxbirining ma’lum qilishicha, muhokama davomida Andijon viloyat hokimi, senator Shuhratbek Abdurahmonov tizimdagi ishlar yuzasidan o‘zining bir qator takliflarini bildirib o‘tgan.

«Qars ikki qo‘ldan chiqadi. Bugun men taklif qilmoqchiman. Aybdor qilish oson, lekin bularni ham sharoitini tushunish kerak. Andijon misolida viloyatda salkam 1000 ta mahalla bor, 550 ta profilaktik noziri faoliyat ko‘rsatadi. Ayrim profilaktik nozirlarining jismoniy jihatdan minglab xonadonlar bilan ishlashda ulgurmaydi. Lekin biz ulardan talabni qattiq qilyapmiz. Taklifim ularning shtatlar sonini oshirish bo‘yicha Moliya vazirligi o‘rganib chiqsa» dedi Sh.Abdurahmonov.

Shuningdek, Andijon viloyati hokimi yalpi majlisda rad etilgan qonunga ham munosabat bildirdi.

«Bugun bitta qonunni bekor qildik. Nazarimda, qonun ishlab chiqaruvchilarda dunyo tajribasida deb juda ko‘p qonunlarni shundayligicha olib qo‘yilyapti. Vaholanki, bizni millatimiz, mintalitetimizga e’tibor qaratilmayaptimi degan xulosa kelib chiqyapti», qayd etgan hokim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring