Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhrat Abdurahmonovga ko‘krak nishoni berildi

Shuhrat Abdurahmonovga ko‘krak nishoni berildi

Foto: Xabar.uz

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov kommunal soha va aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga qo‘shgan hissasi uchun «Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Viloyat uy-kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 23-may kuni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Muzaffar Soliyev ko‘krak nishonini hokimga topshirish chog‘ida Andijonda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida hamda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashda amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho bergan.

Buni qarangki, ushbu viloyatda yashovchi aholi vakillaridan toza ichimlik suvidagi muammolar bo‘yicha doimiy murojaatlar tushib turadi.

Marhamatliklarning «kechki payt suv sotadiganlar kelishadi» deyishganiga hech qancha vaqt bo‘lgani yo‘q, «hech bo‘lmasa Ramazonda suv berib turishsin» deya arz qilgan xo‘jaobodlik mahalla nuroniylari arzi ham hali ijobiy hal bo‘ldimi-yo‘qmi, bizga qorong‘u. Balki viloyat rahbariga berilgan ushbu rag‘bat tufayli muammolar tezda yechimini topib qolar, nasib.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring