Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shirin shahriga yangi hokim, prokuror, IIB va soliq boshliqlari tayinlandi

Shirin shahriga yangi hokim, prokuror, IIB va soliq boshliqlari tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 2- oktyabr kuni Xalq deputatlari Shirin shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgani va unda shahar hokimi va sektor rahbarlari ishdan olingani xabar qilingandi.

Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, yig‘ilishda yangi hokim va sektor rahbarlari ham tasdiqlangan.

2017-yildan buyon Sirdaryo viloyati hokimligi sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelgan Abdug‘affor Hojimatov Shirin shahri hokimi etib tasdiqlangan.

Abdug‘affor Hojimatov 1967-yili Namangan viloyati, Uychi tumanida tug‘ilgan, avval Sirdaryo viloyati gaz ta’minoti boshqarmasida faoliyat yuritgan. 2017-2019-yillarda viloyat hokimligi sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelgan.

Shuningdek, yig‘ilishda Chingiz Mahmudov Shirin shahar prokurori, Zahiriddin Sobirov shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, Husniddin Qobilov shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimlariga tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring