Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shifokorlarga yangi rag‘bat belgilandi

Shifokorlarga yangi rag‘bat belgilandi

Foto: Xabar.uz

Prezident «Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Unga muvofiq:

  • 2021-yil 1-yanvardan boshlab qishloq vrachlik punkti oilaviy shifokor punkti deb, qishloq va shahar oilaviy poliklinikasi esa oilaviy poliklinika deb qayta nomlanadi. Bunda, ushbu chora-tadbirlar mavjud shtat birliklari doirasida amalga oshiriladi;
  • aholi soni va mahalliy zaruriyatdan kelib chiqib, shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligining ro‘yxatiga muvofiq oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda tunu-kun navbatchi tibbiyot xodimi xizmat ko‘rsatadi;
  • mahallada aholining salomatligi, hududdagi kasalliklarning o‘sishi, aholining shifoxonalarga yotishi, shoshilinch tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilishi va boshqalar oilaviy shifokorning faoliyati natijadorligini baholash ko‘rsatkichlari etib belgilanadi;
  • 2021-yil 1-yanvardan boshlab oilaviy shifokor va boshqa tibbiyot xodimlari faoliyati samaradorligi bo‘yicha yangi reyting tizimi joriy qilinadi hamda uning natijalariga qarab ushbu xodimlar mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan har chorakda bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi;
  • tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshlig‘i bir vaqtning o‘zida ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika mudiri hisoblanadi;
  • 2021-yil 1-yanvardan boshlab tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshlig‘iga ajratilayotgan mablag‘lar doirasida, zaruriyatga qarab, tor soha shifokorlari shtatlarini mustaqil belgilash vakolati beriladi;
  • tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi faoliyat dislokatsiyasi bo‘yicha ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika binosida joylashtiriladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring