Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Uch yil kechirdik, yetadi...»

Shavkat Mirziyoyev: «Uch yil kechirdik, yetadi...»

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oliy Majlis Senatining I yalpi majlisida prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z ma’ruzasida endi uzr bilan bilan ish bitmasligini, hamma qonun oldida javob berishini aytib o‘tdi. Bu haqda «Xushnudbek.uz» kanali xabar berdi.

«Bosh prokurorga uchta yo‘nalishda — qurilish, tibbiyot va oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qattiq topshiriq berganman. Senatorlar ham korrupsiyaga qarshi kurishishda jiddiy nazorat olib borishi kerak. Chunki korrupsiya xalqning g‘azabini keltiryapti.

Mana, Iqtisodiyot universitetida bir vallomatni ishdan oldim. Yangi rektor universitet o‘qituvchilari o‘rtasida attestatsiya o‘tkazdi, 65 foiz o‘qituvchi undan o‘ta olmadi, bilimi yo‘q. Tasavvur qilyapsizmi buni? Korrupsiyaga botib ketgan. Bechora talabalar shuncha yil qanaqa qilib chidab o‘qigan, hayronman.

Rektorlar ham davlatdan oylik oladiku, axir. Shu sababli ular ham mahalliy kengashlar oldida hisobdor bo‘lishi kerak.

Kecha televizorda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Majidovning Bosh prokuraturadagi yig‘ilishdan keyingi intervyusini ko‘rdim. «Ha, menda xato edi, kechirim so‘rayman» deydi. Uzr bilan ish bitmaydi, qonun oldida javob berish kerak hamma. 3 yil kechirdik, yetadi. U davr o‘tdi. Endi shunchaki kechirim so‘rash bilan qutilib qolish bo‘lmaydi, qonuniy chora ko‘ramiz», deya ta’kidlagan prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring