Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Yelizaveta Ikkinchiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Yelizaveta Ikkinchiga hamdardlik bildirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Avvalroq qirolicha Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i, Edinburg gersogi Filipp 100 yoshida vafot etgani haqida xabar bergandik.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qirolichasi Yelizaveta Ikkinchiga uning turmush o‘rtog‘i — Edinburg gersogi, shahzoda Filipp vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

«Buyuk Britaniya xalqi uchun musibatli bo‘lgan ushbu damlarda Siz uchragan judolikka qayg‘udoshman.

Shunday og‘ir bir pallada Siz, Hazrati Oliyalariga va qirollik oilasining barcha a’zolariga sabr-toqat va bardamlik tilayman», — deyiladi davlatimiz rahbarining maktubida.

Britaniyada 9-aprelda qirolicha Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i, shahzoda Filippning vafot etishi munosabati bilan milliy motam e’lon qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring